"Kitobxon onalar kuni" tadbiri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-401-sonli qarori ijrosi yuzasidan axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiobod tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutoalaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Kitobxon onalar kuni" tadbiri oʻtkazildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari yigʻilganlarga kutubxona fondi haqida hamda har oyning 17- sanasida belgilangan "Kitobxonlar onalar kuni" tadbiri mahallalarda oʻtkazilayotganligi haqida gapirib oʻtdilar. Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 16nafardan ziyod kitobxon onalar ishtirok etdilar.