"Kitobxon onalar kuni" tadbiri o‘tkazildi.
2026-yil 17-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot kutubxona markazi hamda Yangiobod ShF ayollari birgalikda Yangiobod tuman Madaniyat markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi" tadbiri doirasida "Kitobxon onalar kuni" tadbiri o‘tkazildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari yigʻilganlarga kutubxona fondi haqida hamda har oyning 17- sanasida belgilangan "Kitobxonlar onalar kuni" tadbiri mahallalarda oʻtkazilayotganligi haqida gapirib oʻtdilar. Tadbirda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi.