Kitobxonlar bilan birgalikda ekskursiya
Joriy yilning 16-iyul kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan birgalikda ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga yangi kelgan badiiy adabiyotlar va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, barcha qulayliklar, badiiy-siyosiy adabiyotlar, elektron o'quv qo'llanma va darsliklar haqida ma'lumotlar berib o'tdilar. Kitobxonlar o'zlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar. Tadbirda 10 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.