"Kitobxonlar klubi"
Joriy yilning 23-dekabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlar klubi" aʼzolari bilan birgalikda "Kitob-eng sodiq doʻst" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga kitobning hayotimizdagi oʻrni, kitob - ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini yuksaltirishi haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda 10 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.