Kitobxonlar klubi
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 18-maktabga tashrif buyurib "Kitobxonlar klubi" aʼzolari bilan birgalikda "Kitob-eng sodiq doʻst" shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga kitobning hayotimizdagi oʻrni, kitob - ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini yuksaltirishi haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda 15 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.