“Kitobxonlar klubi” aʼzolari oʼrtasida “Zakovat” intellektual oʼyini oʻtkazildi.
2024-yil 23-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot kutubxona markazi tomonidan "Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 1-umumtaʼlim maktabida “Kitobxonlar klubi” aʼzolari oʼrtasida “Zakovat” intellektual oʼyini oʻtkazildi. Ushbu musobaqada “Kosmos”, “Respekt”, "Intellekt" va "Bilimdon" jamoalari oʼzaro bellashdilar. Jamoalar berilgan savollarga tezkorlik hamda aniqlik bilan javob berishdi. “Zakovat” intellektual oʻyini qiziqarli bahs munozaraga boy tarzda boʻlib oʻtdi va oʻyin soʼngida savollarga aniqlik bilan javob bergan "Respekt” jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Tadbirda 20 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.