Kitobxonlar uchun ko'rgazma
Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 4-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazida mavjud adabiyotlardan kitob koʻrgazmasi tashkil etdilar. Koʻrgazmada kitobxonlarga axborot-kutubxona fondi hamda bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanma va darsliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Koʻrgazma davomida kitobxonlar oʻzlari yoqtirgan kitoblarini mutolaa qilish uchun oldilar. Koʻrgazmada 60 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.