"Kitobxonlik festivali"
Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi ,Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan oʻquvchi yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida 2024-yil 26-iyul kuni "Kitobxonlik festivali" boʻlib oʻtdi. Festival doirasida "Eng faol kitobxon oʻquvchi" , "Eng namunali maktab kutubxonasi", "Eng kitobxon oila" , "Yilning eng nuroniy kitobxoni" , "Onlayn tanlovlarning eng faol kitobxoni" nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar saralab olindi. Tanlovda Yangiobod tumani 1-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchilari Abdurasulova Sadoqat hamda Hakimboyeva Nilufarlar "Onlayn tanlovlarning eng faol kitobxoni" nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi va Bolalar kutubxonasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.