"Kitobxonlik haftaligi" tadbirining ochilish marosimi
2025-yil 21-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot kutubxona markazi , Yangiobod tuman hokimligi, Tuman maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan hamkorlikda 12-maktab binosida O'zbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" tadbirining ochilish marosimi boʻlib otdi.Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari A.Nishonov soʼzga chiqib tadbirni ochiq deb e’lon qildi va kitobxonlarni ushbu haftalik doirasida faol boʻlishga chorladi. Tadbir davomida isteʼdodli kitobsevar va ijodkor yoshlar tashrif buyurib o’z ijod namunalaridan o’qib berdilar.Tadbir ko’tarinki va samimiy ruhda o’tkazildi hamda 120 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.