"Kitobxonlik haftaligi" tadbirining yopilish marosimi
2025-yil 25-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani Hokimligi, Axborot-kutubxona markazi, Tuman maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli maktablar, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman bo’limi bilan hamkorligida 12-maktab binosida "Oʻzbekiston-kitobxolar yurti" V Respublika "Kitobxonlik haftaligi" tadbirining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari A.Nishonov soʻzga chiqib “Kitobxonlik haftaligi”da tadbirlar ko’tarinki ruhda o’tkazilganligi, kitobxonlarga bundan keyingi tadbirlarda ham faol bo’lishlarini ta’kidlab o’tdi. Haftalik yakunida faol ishtirokchilar, tanlov g‘oliblari hamkor tashkilotlar axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandilar. Tadbirda 100 dan ortiq kitobxonlar ishtirok etdilar.