📚 “KITOBXONLIK”NI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV
📚 “KITOBXONLIK”NI TARG‘IB QILISHGA QARATILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV Joriy yilning 13-avgust kuni Yangiobod tuman IIB JXX probatsiya guruhi tomonidan jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tumani boʻlinmasi, Yangiobod tuman texnikumi hamda Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Kitobxonlik”ni targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📖 Tadbir davomida ishtirokchilar bilan bir soatlik ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazilib, kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, dunyoqarashni kengaytirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida suhbatlashildi. Tadbir doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.