"Kitobxonlik oiladan boshlanadi"
Joriy yilning 16-may kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda Balandchaqir MFYda aholi vakillari oʻrtasida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida yigʻilganlarga kitobxonlik inson maʼnaviyatini yuksalishiga, ijobiy natijalarga erishishiga yaqin koʻmakchi ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Tadbirda 22 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.