Kitobxonlik oiladan boshlanadi
Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 12-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilada kitob o‘qish an’analarini shakllantirish hamda ota-onalarning farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyatiga bo‘lgan e’tiborini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, farzandlarni bolalikdan kitob o‘qishga qiziqtirish, oilada mutolaa muhitini yaratish va yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, farzandlarda kitobxonlikka muhabbat uyg‘otishda ota-onalarning shaxsiy namunasi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarni badiiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga va kitob bilan do‘st bo‘lishga undovchi tavsiyalar berildi.