"Kitobxonlik oiladan boshlanadi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 5-fevral kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman boʻlinmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida chegara va olis hududlarda joylashgan "qizil" va "sariq" toifadagi hamda kambagʻallik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida Xoʻjamushent QFYda aholi vakillari oʻrtasida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida yigʻilganlarga kitobxonlik inson maʼnaviyatini yuksalishiga, ijobiy natijalarga erishishiga yaqin koʻmakchi ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Tadbirda 52 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etdilar.