Kitobxonlik – taraqqiyotning poydevori
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda 12-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik – taraqqiyotning poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitobning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilarga mutolaaning ahamiyati, kitobning ma’naviy va intellektual rivojlanishga qo‘shadigan hissasi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va erkin muloqot ruhida o‘tdi.