Kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazildi.
2024-yilning 27-may kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda kitobxonlarni kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabning oʻqituvchi va oʻquvchi yoshlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnoma davomida kitobxonlar fikri oʻrganilib, ularni qiziqtirgan sohadagi adabiyotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi. Soʻrovnomada 15 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.