"Ko'chma kutubxona"
Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi tomonidan "Ko'chma kutubxona" xizmati tashkil etildi. Loyihaga binoan Yangiobod tuman Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 30 nomdagi yangi adabiyotlar o’qilgan kitoblarga almashtirilib kelindi.