Koʻchma kutubxona
2024-yilning 30-aprel kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, oʻzaro shartnoma imzoladi. Tashkilot xodimlarining talablari asosida 10 dan ziyod qiziqarli ertak kitoblardan bolajonlar kutubxonasi va tashkilot xodimlari uchun badiiy adabiyotlardan koʻchma kutubxona tashkil etildi. Jumladan, “Lison ut-tayr”, “Besh bolali yigitcha”, “Sariq devni minib”, “Sehrli uzuk”, “Pinokkioning sarguzashtlari” shu kabi ertak kitoblar hamda badiiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.