Koʻchma kutubxona
Joriy yilning 1-noyabr kuni Aholi va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va kitobxonlik darajasini yanada oshirish maqsadida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Tuman Ichki ishlar boʻlimida tashkil etilgan namunaviy koʻchma kutubxona asosida yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ichki ishlar boʻlimi xodimlariga yangi kelgan badiiy adabiyotlar haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtdilar. Bundan tashqari tashkilot xodimlari bilan oʻqigan asarlari yuzasidan qisqacha savol-javoblar oʻtkazilib, oʻzlari uchun sevimli boʻlgan kitoblarni mutolaa qilish uchun oldilar. Tashkil etilgan namunaviy koʻchma kutubxona tashkilot xodimlari talab va istaklariga binoan almashtirildi. Kitob targʻibotida 15 nafar tashkilot xodimlari ishtirok etdilar.