Ko‘chma kutubxona
Joriy yilning 24-yanvar kuni Axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatishda sifat jihatidan yangi tizimni yaratish, keng joriy qilish maqsadida Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 2-sonli DMTT boʻlimi bilan ko‘chma kutubxona shartnomasi tuzildi va tashkilot xodimlari uchun badiiy adabiyotlar hamda bolajonlar uchun ertak kitoblardan ko‘chma kutubxona tashkil etildi.