ko‘rgazma tashkil etildi
Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlardan ko‘rgazma tashkil etilib, ko‘rgazma oldida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlikning inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi o‘rni, kitob o‘qishning ahamiyati hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish masalalari haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ko‘rgazmaga qo‘yilgan badiiy adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy kitoblar va yangi nashrlar ishtirokchilarga tanishtirildi. Kitobxonlarga muntazam kitob o‘qish, bilim olish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy barkamollikka undashdan iborat.