kompyuter savodxonligini oshirish
Joriy yilning 15-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish va kitobxonlarni kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida qoʻllaniladigan yangi usul va loyihalar borasida navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminar davomida xodimlarga kitoblarni interaktiv usulda targʻib qilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va yutuqlar, shu bilan birgalikda kitobxonlarni jalb qilishda qoʻllaniladigan yangi loyihalar borasida fikrlar almashildi va ijtimoiy tarmoqlarda xar xil narsa joylanmasligini ogohlantirish berilgani haqida tushunchalar berildi. Xodimlar bu borada oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.