"Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati"
Joriy yilning 4-dekabr kuni Yangiobod tumani axborot -kutubxona markazi hamda Yangiobod tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bagʻishlab "Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazma oldida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati oʻtkazildi. Koʻrgazma davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida maʼlumotlar berib oʻtdilar.