"Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati"
Joriy yilning 4-dekabr kuni Yangiobod tumani axborot -kutubxona markazida Yangiobod tuman Politexnikumi bilan hamkorlikda 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bagʻishlab "Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarni Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan tabriklab, konstitutsiya bizning eng asosiy bosh qomusimiz ekanligini taʼkidlab oʻtdi va konstitutsiya haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtishdi. Davra suhbatida 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etishdi.