"Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 16-may kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 19-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib "Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni ekanligi uning huquqiy tizimining asosi hisoblanishi, Konstitutsiya davlat tuzilishi, boshqaruv shakli, hokimiyat organlarining vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdilar. Tadbirda 25 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.