Konstitutsiyadagi oʻzgarishlari haqida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 7- yanvar kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan qishki taʼtilni maroqli oʻtkazish maqsadida 3- umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari bilan birgalikda inson huquqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi oʻzgarishlari haqida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida oʻquvchilar oʻzlarining konstitutsiyaviy huquqlari haqida suhbatlar oʻtkazib oʻz fikrlarini bildirib oʻtdilar. Davra suhbatida 15 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.