“Maʼrifat ulashib” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 3-noyabr kuni Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi hamkorligida 1-sonli umumta’lim maktabida “Maʼrifat ulashib” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida yosh avlodni turli yot g‘oyalar va jaholat ta’siridan asrash, ularda ma’rifatga intilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbatida maʼnaviyat va maʼrifatning inson va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, ilm-ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘quvchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaa qilish, ilm olish va doimo ezgu maqsadlar sari intilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.