Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni
Joriy yilning 13-avgust kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni" mavzusida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy asarlarining falsafiy va axloqiy gʻoyalarini yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy Sharq mumtoz tafakkurining buyuk namoyandalaridan bo‘lib, ularning asarlari inson ma’naviyati, axloqi va komilligi masalalariga bag‘ishlangan chuqur falsafiy fikrlarga boydir. Ularning ijodi asrlar davomida insonlarni ezgulikka, ilm olishga, o‘zligini anglashga va yaxshilik qilishga chorlab kelmoqda deb maʼlumotlar berib oʻtildi.