Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi
Joriy yilning 30-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tuman Axborot-kutubxona markazida Yangiobod tuman Palitenikumi oʻquvchilari bilan birgalikda buyuk alloma, yozuvchi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Taniqli davlat arbobi" mavzusida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga Behbudiyning hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Kitobxonlar bilan qisqacha savol-javoblar oʻtkazildi. Tadbirda 18 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.