Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi
Joriy yilning 29-sentabr kuni
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Axborot-kutubxona markazi abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati xodimlari tomonidan Yangiobod tuman politexnikumi bilan hamkorlikda Buyuk alloma, yozuvchi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Ulugʻ mutafakkir" mavzusida kitobxonlar bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarga Behbudiyning hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Tadbirda 16 nafar kitobxonlar ishtirok etishdi.