Mahorat darsi
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari M.Dusmatova joriy yilning 18- oktabr sanasida axborot-kutubxona markazi xodimlariga mahorat darsini o‘tdi. Mahorat darsida axborot-kutubxona markazi xodimlariga kompyuter va printerdan qanday foydalanish, kitoblarni skaner qilish va PDF variantini yaratish haqida ma'lumotlar berilib hamda ko'rsatib o‘tildi. Bu kabi mahorat darslari xodimlarimiz va yosh kitobxonlarimizning kompyuter savodxonligini shakllantirishda ish tajribalarini orttirishlarida ham qo‘l kelmoqda.