Mahorat darsi
2025-yilning 10-yanvar kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlariga kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Mahorat darsida xodimlarga yangi yil uchun oylik ish rejalarini Excel dasturida tuzish va Excel dasturi afzalliklari haqida tushunchalar berildi. Xodimlar Excel dasturidagi ish reja haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.