Mahorat darsi
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida xodimlarga Ijtimoiy tarmoqlar faoliyati haqida tushunchalar berilib, har bir ijtimoiy tarmoqqa kirish, ma'lumotlar joylash,foydalanish tartibi boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bundan tashqari xodimlarga Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va viloyat AKM ning ijtimoiy tarmoqlari, veb sahifalari haqida ham tushunchalar berib oʻtildi.