Mahorat darsi
Joriy yilning 28-fevral kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Dastlab mahorat darsida xodimlarga Pro Quest maʼlumotlar bazasi haqida maʼlumot berildi. Ushbu maʼlumotlar bazasi turli tillarda boʻlib, ilmiy jurnallar , maqolalar, dissertatsiya va tezislar, gazetalar fanlarga oid maʼlumotlar olish mumkinligi aytildi.