"Men sog'lom turmush tarzi tarafdoriman...."
Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan "Men sog'lom turmush tarzi tarafdoriman...." ruknida sog'lom muhitni yaratishga qaratilgan sport tadbirlari tashkil qilinmoqda. Bugun xodimlar o'rtasida Yangiobod tuman Bolalar sport maktabida turli xil sport o'yinlari musobaqasi tashkil qilindi. Tashkil etilgan sport musobaqasida barcha xodimlar faol qatnashdilar.