metodik toʻgarak
Joriy yilning 22-iyun kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlariga Axborot-bibliografiya xizmat mutaxassisi tomonidan kitobxonlarga Axborot- bibliografiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha metodik toʻgarak oʻtkazildi. Metodik toʻgarakda kitobxonlar talabiga binoan yuqori tashkilotlardan chiqarilgan qaror, qonun hamda boshqa bir maʼlumotlarni yuritilgan kartotekalar orqali qanday topish kerakligi haqida tushunchalar berib oʻtildi. Tadbir davomida xodimlar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.