Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi
Jizzax viloyati Yangiobod tumani politexnikumida Respublika Ma'naviyat va maʼrifat markazi Yangiobod tuman bo'linmasi, Yangiobod tuman politexnikumi va Axborot-kutubxona markazi hamkorligida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan, "Buyuk mutafakkir va davlat arbobi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda so'z olganlar buyuk shoir va mutafakkir, jamoat arbobi Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida alohida o'rin tutganligi haqida batafsil ma'lumot berib o'tdilar. Tadbir davomida o'quvchi yoshlar o'z sahna chiqishlari tadbirda yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi tomonidan Alisher Navoiy asarlaridan iborat kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 120 nafardan ortiq kitobxonlar ishtirok etishdi.