"Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi.
Joriy yilning 8-may kuni Yangiobod tumanidagi "Xotira maydoni"da 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Yangiobod tumani hokimi boshchiligidagi tashkilot, idora rahbarlari, harbiy xizmatchilar va axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Bayram munosabati bilan Vatan ravnaqi yoʻlida jon fido etgan shaxslar xotirasi yana bir bor yodga olindi.
Shundan soʻng, Yangiobod tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev soʻzga chiqib, bugungi bayram munosabati bilan barcha ishtirokchilar va ularning oila aʼzolarini samimiy muborakbod etdi. Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Bayram tadbirida 200 nafardan ziyod tashkilot xodimlari va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.