Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning "Quyosh qoraymas" kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Joriy yilning 21-dekabr kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiobod tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurilib, kitobxonlarga Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning "Quyosh qoraymas" kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlarga ushbu romanidagi voqealar, qahramonlarning boshidan kechirganlari, tinchlikning qanchalik buyuk ne‘mat ekanligi,urushga tayyorgarliksiz kirgan askarlarning va sarkardalarning qo‘pol xatolari tufayli millionlab kishilarning xalok bo‘lganligi haqida gapirib o'tildi. Tadbirda 25 nafar kitobxonlar qatnashdi.