Mustaqilligimizning 35 yilligi
Joriy yilning 16- iyul kuni maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli 5-sonli maktabda mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Shukronalik" mavzusida madaniy -maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda yoshlarni bilim va salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda innovatsion gʻoyalarni hayotga tadbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. "Mustaqillik ulugʻ neʼmat" bu tushuncha ostida qancha maʼno borligini haqida tumanning mutasaddi tashkilot rahbarlari mustaqillik tushunchasini yoshlar qalbiga joylash, Vatanga boʻlgan mehri -muhabbatini oshirish yuzasidan fikr yuritdilar. Tadbirda 100 dan ziyod kitobxonlar ishtirok etishdi.