#Mustaqillik_34_yil
Joriy yilning 24-avgust kuni Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Yangiobod tumani Do‘stlik MFYdagi 6-umumta'lim maktabida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Umummilliy birdamlik" festivali doirasida tadbir tashkil etildi! ➡️ Tadbirda nuroniylar hamda bilimga chanqoq yoshlar faol ishtirok etdilar. ❇️Tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi va koʻrgazmada kitobxonlar bilan suhbatlar olib borildi. Tadbirda Vatan tarannum etuvchi kuy va raqslar yigʻilganlar yanada ko‘tarinki shukuh baxshida etib, oʻzbek milliy oʻyinlari ham tashkil etildi. Tadbirda 200 nafar ishtirokchi qatnashdi va 130 nusxadan ziyod kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.