"Mustaqillik kinokarvoni"
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! shiori ostida "Mustaqillik kinokarvoni" aksiyasi tashkil etildi.
📚 Joriy yilning 28-iyul kuni Yangiobod tuman Axborot kutubxona markazi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, Madaniyat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 2-sonli maktabga tashrif buyurilib, "Mustaqillik kinokarvoni" tashkil etildi. Ushbu tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada yoshlar bilan oʻzlarini qiziqtirgan asarlar, kitoblar hamda asar qahramonlar haqida ochiq muloqot oʻtkazishdi. Tadbir davomida yoshlarni koʻproq kitob oʻqishga chaqirib, kitob oʻqishning foydali tomonlari haqida maʼlumot berib oʻtishdi. Tadbirda 20 nafardan ziyod kitobxonlar ishtirok etishdi.