MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
Yangiobod tumani Sovot QFY hududida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yurtimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari yanada uygʻotish maqsadida buyuk bobolarimiz ijodi va hayot yoʻllari aks ettirilgan badiiy kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Yangiobod tumani Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi namoyish etilib, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.