“Mutolaa qilib, sizga ham tavsiya qilamiz”
2024-yil 25-aprel kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan IV Respublika "Kitobsevar millat" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida kitobxonlar bilan birgalikda “Mutolaa qilib, sizga ham tavsiya qilamiz” mavzusida chellenj va aksiyalar tashkil etildi.
Tadbirda kitobxonlar oʻzlari sevib mutolaa qilgan asarlari, asar qahramonlari, asarda aks ettirilgan ijodiy, salbiy xislatlari haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtdilar hamda ushbu asarlarni oʻqib mutolaa qilishni barcha kitobxonlarga tavsiya qildilar. Tadbirda 25 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdilar.