Navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi
Joriy yilning 31- yanvar kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Dastlab mahorat darsida xodimlarga kompyuterdagi saytlardan unumli foydalanish, taqiqlangan saytlarga kirmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi. So‘ng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy veb saytidan qanday foydalanish va kerakli ma‘lumorlarni qanday topish haqida batafsil ma'lumot berildi.