Navbatdagi o'quv darsi tashkil qilindi.
Joriy yilning 8-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi o'quv darsi tashkil qilindi. Dastlab o'quv darsida xodimlarga ertaklar yoki asarlardan audiolar yaratish, kitoblarga bagʻishlab buktreylerlar tayyorlash qoidalari haqida va qanday kitoblardan audiolar tayyorlab boʻlmasligi haqida tushunchalar berib oʻtildi. Shu bilan birga tayyorlanayotgan audio, videorolik , buktreylerlarning sifatiga e'tiborli bo'lishi, keng ommaga taqdim qilinadigan material sifatli va ishonchliligini ta'minlash zarurligi aytib o'tildi.