Navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 29-noyabr kuni Yangiobod tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminarda 2024-yil yakuni yaqinlashganligi va yil oxiridagi topshiriladigan Excel dasturidagi 15 talik jadvalning to‘g‘ri bajarilishi, paydo bo'ladigan yashil uchburchakning sababi va uni to‘g‘irlash haqida xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Xodimlar tushunmagan savollariga javob oldilar va jadval to'ldirish haqida tushunchaga ega bo‘ldilar