“Navoiy-buyuk shoir, mutafakkir va jamoat arbobi” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Joriy yilning 8-fevral kuni Yangiobod tuman 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Navoiy-buyuk shoir, mutafakkir va jamoat arbobi” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
A.Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu tadbirda soʻz olganlar Alisher Navoiy oʻz zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi ekanligi xususida gapirib oʻtdi.
Navoiy oʻzidan boy sheʼriy, nasriy va ilmiy meros qoldirgan boʻlib, bu bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni cheksiz ifoda imkoniyatlarini namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan mustahkam oʻrin egallaganligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida o'quvchi yoshlar va tuman madaniyat boʻlimi xodimlarining musiqiy chiqishlari tadbirda yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi.Tadbirda Axborot-kutubxona markazi tomonidan Alisher Navoiy asarlaridan iborat kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda 200 nafardan ortiq kitobxonlar ishtirok etishdi.