Navroʻz
Joriy yilning 1-aprel kuni Yangiobod tumani Balandchaqir MFYda xalqimizning azaliy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan, yasharish va yangilanish, goʻzallik va nafosat ayyomi boʻlgan "Navroʻz" umumxalq bayrami munosabati bilan katta bayram shodiyonasi boʻlib oʻtdi.
Bayram tadbirida xalq o'yinlari, milliy taomlar va amaliy san'at namunalari va axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Navro‘z shukuhi-insonlar qalbidagi mehr, totuvlik va yangilanishning yorqin ifodasidir.