"O‘tkan kunlar" romani kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Joriy yilning 14-dekabr kuni Yangiobod tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 8-umumiy o‘rta ta‘lim maktabiga tashrif buyurilib, kitobxonlarga Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlarga ushbu roman voqealari, qahramonlarning boshidan kechirganlari, Otabek va Kumushning ayanchli taqdiri haqida ma‘lumotlar berildi. Tadbirda 20 nafar kitobxon qatnashdi.